Ummon - Kel

Sen kelarsan, ko`zlarimni quvontirib,
Sen kelarsan, dilga o`tli olov yoqib. (x2)
Kel, sog`insam yurakdan, jonim kel,
Doim san go`zalim yetib kel,
Chorlasam sani man, doim kel.

Sen jonim sen, orom fasli, ilk bahorim,
Kel jonim kel, taratib gullar iforin.
Sen bilan men, kel, yuraylik baxtga to`lib,
Kel jonim kel, bir bora sendan so`radim.

Sen yo`qsan deb faraz qilsam agar,
Qalbimni quvonchlar tark etar.
O`rniga g`am anduhlar bosar, o yo`q.

Nima xayol bunday hol?
Hayotimda uchramasin.
Sen bilan yor baxtli bo`lay,
Baxtimizga ko`z tegmasin.

Yomon balo qazodan,
Jonim seni asrayman.
Boshqalarga parvo qilma,
Parvonang man o`zimman.

Sen jonim sen, orom fasli, ilk bahorim,
Kel jonim kel, taratib gullar iforin.
Sen bilan men, kel, yuraylik baxtga to`lib,
Kel jonim kel, bir bora sendan so`radim.

Asta yonimdan o`tib,
Manga bildirmasdan, man tomon qarab-qarab.
Nozlanasan aytolmasdan sirlaringni,
Baribir bir kuni olaman o`rab.

Qachongacha javobingni kutaman?
Axir sevging ila nafas olaman.
Beg`uborim, yetar shuncha sinovlaring,
Befarqmassan ko`zlaringdan sezaman.

Kel, sog`insam yurakdan, jonim kel,
Doim san go`zalim yetib kel,
Chorlasam sani man, doim kel.

Sen jonim sen, orom fasli, ilk bahorim,
Kel jonim kel, taratib gullar iforin.
Sen bilan men, kel, yuraylik baxtga to`lib,
Kel jonim kel, bir bora sendan so`radim.



Бошка кушик матнлари:


G'ulomjon Yoqubov - Manga
Zamir - San-san
Adi - Ro’mol
Rayhon - Netay
Tohir Usmonov - Xolidaxon


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты