Kuy chalar yurakmi bu,
Sog`mi bu, “durak”mi bu?
Kuydurar yurakni u,
Sog`mi bu, “durak”mi bu?
Gulli shim kiyibdi-ku,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Yirtiq shim kiyibdi-ku,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Qo`limda bo`lsa kamon,
Rangimni qilmay somon,
Uni qo`ymasdim omon,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Shubha tug`ildi oz-moz,
Yurishi “neto” biroz,
Na tovuq bu, na xo`roz,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Bu qandayin ko`rgilik, savdo?
Do`ppi kiymay qo`ydi haloyiq.
Boshga loyiq do`ppi yo`qdir yo
Bosh qolmadi do`ppiga loyiq.
Betiga aytolmaysan,
Sochidan farqlolmaysan,
Orqadan anglolmaysan-ey,
Qizmi bu, yigitmi bu?
To`r tashlab tutolmaysan,
Quvlama, yetolmaysan,
Ketiga tepolmaysan-ey,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Tirnog`iga lak ham surar,
Sochni har xil rangga bo`yar,
Zokir qiziq shundan kuyar,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Qoshlari misli kamon,
Qoshni tergani yomon,
Aytolmay, dilda armon,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Shunday yigitlarni ko`rdim,
Ustida shimi yo`q.
Sira gapga kirmaydi-yey,
Sal gapga yig`laydimi-yey,
Erkakcha kiyinmaydi-yey,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Shunaqa shim “moda”mi-yey
Tagi osilib turadimi-yey,
Beli ko`rinib turadimi-yey,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Yurishi xunuk yomon,
Qiynalar bo`lsa vijdon,
Shimda yur, kiymay ishton,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Yonidan o`tolmaysan,
Ko`zingni uzolmaysan,
Yuqtirma, tuzalmaysan-ey,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Juvonmi, erkakmi bu,
Erkakmi, ermakmi bu?
“Zavodskoy brak”mi bu,
Ofatmi, balomi bu?
Tovuqmi, xo`rozmi bu,
Yevropaga taqlidmi bu?
Бошка кушик матнлари: