Abdurauf Olimov - Chaman ichinda bir gul

Chaman ichinda bir gul, gul bir yon, chaman bir yon, {x2}
Sarvi, sanobarmidir? — Soch bir yon, suman bir yon. {x2}

Sahar, subhi sodiqda mushk bir yon, mujgon bir yon,
Tun pardasin tortsa gar, oy bir yon, osmon bir yon. {x2}

Chaman ichinda bir gul, gul bir yon, chaman bir yon,
Sarvi, sanobarmidir? — Soch bir yon, suman bir yon.

O`sgan bog`iga olqov, o`stirgan bog`boniga,
Xavfu xatardan saqlay kelgan soyaboniga.
Andalib qo`nar, zog`lar qo`nolmas bo`stoniga,
Maqtoviga men bir yon, borliq suxandon bir yon. {x2}

Chaman ichinda bir gul, gul bir yon, chaman bir yon,
Sarvi, sanobarmidir? — Soch bir yon, suman bir yon.

Bu olamda Oy tanho, muborak Quyosh tanho,
Bo`y qizlarning ichinda shu bir egma qosh tanho.
Uningdek hech kim menga bo`lmasa sirdosh tanho,
Go`ro`g`li sulton bir yon, To`ra Sulaymon bir yon. {x2}

Chaman ichinda bir gul, gul bir yon, chaman bir yon,
Sarvi, sanobarmidir? — Soch bir yon, suman bir yon. {x2}

Soch bir yon, suman bir yon…

Hakim zoti bor yerda dard bir yon, darmon bir yon,
Yoring jafokash bo`lsa, uy bir yon, zindon bir yon.
Ikki jon bir bo`lmasa, sham bir yon, shamdon bir yon,
Ayri bo`lsa yo`llari — tug` bir yon, shamdon bir yon.

Qo`riqchisi bo`lardim bog`imda unar bo`lsa,
Kuzim kelmay bahorim qayta boshlanar bo`lsa.
Solnomachisi bo`lay, magar u Qamar bo`lsa,
Qasam ichib aytaman: namak bir yon, non bir yon.

Qumri, sa’va oshiyon aylar bir gulafshon bu,
Bir kokili Sir bo`lsa, u biri Zarafshon bu.
Ilohiy sanamlardan bir zuryod, bir nishon bu,
Kerak bo`lsa magar jon, jon bir yon, jahon bir yon.



Бошка кушик матнлари:


Manzura - Bo’ldi
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Dildora Niyozova - Muborak
Tohir Usmonov - Bayram muborak bo’lsin
Yodgor Mirzajonov - Qora soch


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты