Tonglar kech otganda xafa bo`lmayman,
Quyosh kech botganda xafa bo`lmayman.
Muammolaring hal bo`lib ketar sekin,
Topa olmaysan sog`ligingni lekin.
Do`stlarim aldasa, xafa bo`lmayman,
Yor meni demasa, xafa bo`lmayman.
Vaqti keladi, vaqti keladi,
Hamma o`zi uchun biladi.
Bir bor kelamiz axir dunyoga.
Raqsga tush bugun, shaka bum, shaka bum,
Hayotda yashab ko`r o`zing uchun.
O`tadi bugun, shaka bum, shaka bum,
Hammasi oldinda hali.
Raqsga tush bugun, shaka bum, shaka bum,
Hayotda yashab ko`r o`zing uchun.
O`tadi-ketadi hayotda sevgi,
Raqsga tush endi.
Ustimdan kulsalar, xafa bo`lmayman,
Qalbimni tilsalar, xafa bo`lmayman.
Xafa bo`laman, xafa bo`laman lekin
Mehrimni baholashsalar agar tekin.
Yaqinlarim sotsa, xafa bo`lmayman,
Yoki toshlar otsa, xafa bo`lmayman.
Kunlar o`tadi, oylar o`tadi,
Hamma-hammasi unutiladi.
Bir bor kelamiz axir dunyoga.
Raqsga tush bugun, shaka bum, shaka bum,
Hayotda yashab ko`r o`zing uchun.
O`tadi bugun, shaka bum, shaka bum,
Hammasi oldinda hali.
Raqsga tush bugun, shaka bum, shaka bum,
Hayotda yashab ko`r o`zing uchun.
O`tadi-ketadi hayotda sevgi,
Raqsga tush endi. (x1+x1)
Har soniyamiz in’om,
Qoldiraylik yaxshi nom.
Besh kunlik dunyoda
O`ynab-kulib, bo`laylik omon.
Har soniyamiz in’om,
Qoldiraylik yaxshi nom.
Besh kunlik dunyoda
Bo`laylik omon.
Бошка кушик матнлари: