Botir Qodirov - Do’stu dushman oldida

Ahdimizga tegdi ko`z,
Andisha yo`qoldi-da.
Bo`ldik-da rosa gap-so`z
Do`stu dushman oldida. (x2)

Erkaliklaring oshib,
Qirg`oqlaridan toshib,
Ulgurmay qoldim shoshib,
Do`stu dushman oldida.

Baxtimizga tegdi ko`z,
Andisha yo`qoldi-da.
Bo`ldik-da rosa gap-so`z
Do`stu dushman oldida.

Men ham g`ururni tanlab,
Muhabbatim kishanlab,
Yuribmanda man-manlab,
Do`stu dushman oldida. (x2)

Axir bunday emasding,
Qaro tunday emasding,
Ortiqcha so`z demasding
Do`stu dushman oldida.

Baxtimizga tegdi ko`z,
Andisha yo`qoldi-da.
Bo`ldik-da rosa gap-so`z
Do`stu dushman oldida.

Kelgin, ortga qayt endi,
Yo boraymu, ayt endi?
Yarashmoqlik payt endi
Do`stu dushman oldida.

Eh, jonga tegdi bu qiynoq,
Yarashaylik bugunoq,
Yashaylik ahil-inoq
Do`stu dushman oldida.

Baxtimizga tegdi ko`z,
Andisha yo`qoldi-da.
Bo`ldik-da rosa gap-so`z
Do`stu dushman oldida. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Hamdam Sobirov - Qayt
Shahzoda, Shoxrux - Qayt
Jasur Mirsagatov - O’zbek bolasi
Azizshox - Ayt ayt
Sanjar Usmonov - Yana yomg’ir


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты