Kamoliddin Rahmatov - Qaldirg’och

Yo`llar yurib, mo`l yurib, horib kelgan qaldirg`och,
Qanotida bahorni olib kelgan qaldirg`och,
Qarg`alardan zog`lardan g`olib kelgan qaldirg`och,
Seni qaro qoshingga jon kerakmi, ol, qushim,
Kel uyimni to`ldirib, ayvonimda qol qushim.

Bu samo peshtoqida har qushning o`z izi bor,
Qush tilini qush bilar, banda bilmas so`zi bor,
Har tirik jonni asli sevgan bir gul yuzi bor,
Mendek diling qulmasmu, bu senga savol qushim,
Kel uyimni to`ldirib, ayvonimda qol qushim.

Senga boqsam nogahon, qush bo`lgim kelar mening,
Qanotlaring qaddida hush bo`lgim kelar mening,
Bu bevafo dunyoga xush bo`lgim kelar mening,
Mahmudga bahorlarda sen oppoq xayol qushim,
Kel uyimni to`ldirib, ayvonimda qol qushim,
Qaldirg`och, qaldirg`och, qushim…



Бошка кушик матнлари:


Alexis Jordan - Hush Hush
Yulduz Usmonova - Xush keldilar
Shoxrux - Hayr bevafo
Dilso'z - Uylanasizmi yo’qmi
Ummon - Yo`qol


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты