Ozodbek Nazarbekov - Siz men uchun yaralgansiz

Kunduz uchun yaralgan kun,
Oysiz o`tmas yulduzli tun, (x2)
Siz borsizki, jonim butun,
Siz men uchun yaralgansiz, (x2)
Jonim.

Ko`klardagi oyim, ko`ksimdagi jonim, {x2}
Siz men uchun yaralgansiz. {x2}

Yuragimsiz ko`ksimdagi,
Nafasimsiz tanamdagi,
Siz borimsiz o`zimdagi,
Siz men uchun yaralgansiz, {x2}
Jonim.

Ko`klardagi oyim, ko`ksimdagi jonim, {x2}
Siz men uchun yaralgansiz. {x2}

Suvsiz daryo to`lmaganday,
Bahorsiz bog` kulmaganday,
Osmonsiz yer bo`lmaganday,
Siz men uchun yaralgansiz, {x2}
Jonim.

Ko`klardagi oyim, ko`ksimdagi jonim, {x2}
Siz men uchun yaralgansiz. {x2}

Kunduz uchun yaralgan kun,
Oysiz o`tmas yulduzli tun,
Siz borsizki, jonim butun,
Siz men uchun yaralgansiz, {x2}
Jonim.

Ko`klardagi oyim, ko`ksimdagi jonim, {x2}
Siz men uchun yaralgansiz. {x2}
Ko`klardagi oyim, ko`ksimdagi jonim, {x2}
Siz men uchun yaralgansiz. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bahriddin Zuhriddinov - Daryo
Ozodbek Nazarbekov, Shirin Mamatova - Une vie d’amour
Sherali Jo'rayev - Yaralgan
Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek Nazarbekov - Bir kami to’lmagan dunyo
Davron Ahmedov - Onam


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты