Mahmud Namozov - Dunyo

Zavol nima bilmaydi,
Quyun sellar yulmaydi,
Egasi bor bodomlar
Bu dunyoda so`lmaydi.

Goh qora, goh oq inson,
Ezgulik qil, oh, inson,
Riyosi bor raqamlar
Bu dunyoda unmaydi.

Imkoning osmon qadar,
Iymondan bergin xabar,
Safosi bor qalamlar
Bu dunyoda sinmaydi.

Dilda ko`pdir firog`ing,
Yoniq qolar chirog`ing,
Farzandi bor odamlar
Bu dunyoda o`lmaydi.

O`qimagin bo`z bola,
O`zga xayol tuz bola,
Vafosi bor sanamlar
Bu dunyoda bo`lmaydi.



Бошка кушик матнлари:


Abdulhay Karimov - To’y bola
Kamoliddin Rahmatov - Birov bilmaydi
Yulduz Abdullayeva - Hay bola
Nilufar Usmonova - Odamlar
Lola - Xabar ol


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты