Farrux Xamraev - Bobur g’azali

Sochiyu qoshiyu ko`zidin boshta havodur,
Ne boshda havo ham birisi boshqa balodur. (x2)

Qosh yosi bilan ul qora ko`z g`amza o`qini
Ushshoqdin o`zga sorig`a otsa xatodur.

Gar chin desangiz, ko`zi oning ohui Chindur, {x2}
Xattini, xato qilmasangiz, mushki Xitodur. {x2}

Sochiyu qoshiyu ko`zidin boshta havodur,
Ne boshda havo ham birisi boshqa balodur.

Evrulsam oning boshig`a, topshursam anga jon,
Jonimda havas uldurur boshda bu havodur.

Ishq ichra yoshurg`on yurakim qonini, vahkim, {x2}
Bu seli sirishkim bori olamg`a yoyodur. {x2}

Bobur desa oyini, ne tong, jabru jafoliq —
Kim, husn eli oyini, bale, jabru jafodur. {x2}

Sochiyu qoshiyu ko`zidin boshta havodur,
Ne boshda havo ham birisi boshqa balodur. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Ozodbek Nazarbekov - Boshta havodur
Asilbek Negmatov - Bale-bale
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Farhod va Shirin - Istaram
Bojalar guruhi - Yomoney


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты