Kamoliddin Rahmatov - Ajab dunyo

Azim dunyo, sehrli dunyo,
Halim dunyo, mehrli dunyo,
Zolim dunyo, qahrli dunyo,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

Zolim dunyo, qahrli dunyo,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

Kenglarga keng, torlarga torsan,
Yo`qsilga yo`q, borlarga borsan, (x2)
Bog`larda gul, tog`larda qorsan,
Ajab dunyo, ajab dunyosan. (x2)

G`ami ado bo`lmas dunyosan,
Kami ado bo`lmas dunyosan, (x2)
Ketgan qaytib kelmas dunyosan,
Ajab dunyo, ajab dunyosan. (x2)

Koshonasan, kimga vayrona,
Kimga oshno, kimga begona, (x2)
Chin dunyoga o`zing ostona,
Ajab dunyo, ajab dunyosan. {x2}



Бошка кушик матнлари:


Yahyobek Mo'minov - Begona bo’ldik
Zohirshoh Jo'raev - Borsan
Gulsanam Mamazoitova - Ajab-ajab
Mahmud Namozov - Dunyosan
Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek Nazarbekov - Bir kami to’lmagan dunyo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты