Ozodbek Nazarbekov - Qaro ko’zga

Ajrashdilar ikki yonga ikki ko`ngil,
Ayro bo`ldi har tomonga ikki ko`ngil.
Ayrilmoqlik bu zamonda bo`ldi yengil,
Kimga og`ir? O`rtadagi qaro ko`zga, qaro ko`zga.

Biri deydi: boshim uzra ochiq osmon,
O`zimga xon, o`zimga bek, o`zim sulton.
Ayrilmoqlik bu zamonda bo`ldi oson,
Kimga qiyin? O`rtadagi qaro ko`zga, qaro ko`zga.

Kitoblarda qolib ketdi ahdu vafo,
Bevafolik bo`ldi udum, bo`ldi vabo.
Kimga mazza bu beboshlik, kayfu-safo?
Kimga azob? O`rtadagi qaro ko`zga, qaro ko`zga.

Onasidan kecholmasa nima qilsin?
Otasidan kecholmasa nima qilsin?
Bu jumboqni yecholmasa nima qilsin?
Bo`ldi armon o`rtadagi qaro ko`zga, qaro ko`zga.

Ana karlik, ana ko`zi ochiq ko`rlik,
Sarson bo`ldi aro yo`lda bola sho`rlik.
Bu ginalar, bu arazlar, bu mag`rurlik,
Kimga jabr? O`rtadagi qaro ko`zga, qaro ko`zga.

O`zlarining farog`ati muhim rosa,
Ahdu paymon unutilgan, yo`q murosa.
Qani endi bittasi “xo`p” deya qolsa,
Kimga quvonch? O`rtadagi qaro ko`zga, qaro ko`zga.

Ajrashdilar ikki yonga ikki ko`ngil…

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahnoza (shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Ziyoda - Mazza-mazza
Abdulhay Karimov - To’y bola
Kumush Razzoqova - Ketdi-ketdi
Ozodbek Nazarbekov - Binafsha
Yulduz Abdullayeva - Hay bola


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты