Botir Qodirov - Sog’inarman

Ko`zlaring bunchalar
Olib qochding mendan?
Rad etding sevgimni,
Kutmagandim sendan.

O`ylabman – sen bilan
Hayot etar davom,
Ketarsan men uchun
Armon etib, inon.

Sog`inarman, sog`inarman
Bir kun kelib seni ehtimol.
O`shanda men qaydan izlay?
Hozirdan aytib qo`ya qol. (x2)

Yuragim qaytarding,
Omonating ol, deb.
Tilading baxtimni,
So`ngra yaxshi qol, deb.

O`qiding ayriliq
Xatin go`zal onim,
Qo`llaring qo`limdan
Uzding qo`shib jonim.

Sog`inarman, sog`inarman
Bir kun kelib seni ehtimol.
O`shanda men qaydan izlay?
Hozirdan aytib qo`ya qol. (x3)

Sog`inarman…



Бошка кушик матнлари:


Sardor Mamadaliyev - Hayot davom etadi
Ummon - Yo`qol
Ortiq Otajonov - Xoh inon
Xurshid Rasulov - Adashmasam bas
Nola guruhi - Xoh inon, xoh inonma


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты