Farrux Xamraev - Sog’indim

Kecha eding sen maning yonimda,
Paydo bo`larding har onimda,
Yomg`iri tinmas osmonimdan
Seni izlayman, seni sog`indim.

Jimgina ketding, indamading,
Ko`ngil uchun bir so`z demading.
Sog`inganimni yo sezmading,
Seni sog`indim, seni sog`indim.

Yo`qotganimga ishona olmay,
Nozik qo`lingga qo`l berolmay,
Bugun o`zimga kela olmay,
Seni sog`indim, seni sog`indim.

Biz baxtimizni asray olmadik,
Pok orzularga yeta olmadik,
Oxiri birga bo`la olmadik,
Seni sog`indim, seni sog`indim.

Ichdim qasamlar unutaman deb,
Qo`lda suratlar va yoqaman deb,
Bugun yozarman yana shunday deb:
Seni sog`indim, seni sog`indim.

Sen ham meni hech eslarmisan,
Yozganlarimni tiglarmisan?
Baxtlimi u, deb o`ylarmisan?
Seni sog`indim, seni sog`indim.



Бошка кушик матнлари:


Sardor Rahimxon - Bilmading
Farhod va Shirin - Sevaman demadik
Sherali Jo'rayev - Nozik
Umidaxon - Sevishganlar
Shoxrux - Vatanim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты