Jasur G'oipov - Sensiz

Yurak muzlamoqda, tanda yo`q harorat,
Go`yo qish kirib kelgan qalbimga beruxsat.
Vujudim sovib borar, uzoqlarda sensiz,
Sen o`zga bilan baxtli, men o`zgaman sensiz.

O`ylaysan, o`g`irlading faqat yuragimni,
Aslida olib ketding butunlay borimni.
Har doimgidek go`zal tabassum qilarsan,
Lekin bugun mengamas, o`zgaga kularsan.

Negadir yurak izlar bir seni beruxsat,
Hech bo`lmasa ishontir, qaytishga ber fursat.
Endi bu ko`zlarim ham izlaydi bir qizni,
Sen mendan ketib bo`lding, endi men omadsizman.

O`ylaysan, o`g`irlading faqat yuragimni,
Aslida olib ketding butunlay borimni.
Har doimgidek go`zal tabassum qilarsan,
Lekin bugun mengamas, o`zgaga kularsan.

Yurak muzlamoqda…



Бошка кушик матнлари:


Manzura - Sen meni ishontir
Botir Yaminov - Omad
Abdulla Qurbonov - Aldab nima qilarsan
Alisher Zokirov - Do’st bo’lib qol
Asal Shodieva - Yolg’izim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты