Shuhrat Yo'ldoshev - Me amore

Ey sochi uzun, soching ortiga bekinma,
Vaslingni ko`rib, dardu alamni unutay.
Parvona dilim senday go`zalni topmadi,
Uyalma qarab, ey kokillari favvora.

Tunda qadam sari qadam,
Yuragimning zarbiga hamdam,
Yoniga boraman, tongga qadar aytaman,
Ko`zlaringga qarab, yor, dilim-dilimda borim.

“Me amore” seni sevaman,
Mening so`zi asalim, ko`zlari sehrli,
To`ymaydi nazarim.
Tingla nolalarimni, seni sog`inganimda
Kuylaydi yuragim, go`zal malagim.

Oy yuzli go`zal, pardang ortiga bekinma,
Bo`yingni ko`rib, qayg`u-armonni unutay.
Parvona dilim, ko`ngling etma begona,
Uyalma qarab, ey ra’no yuzli janona.

Tunda qadam sari qadam,
Yuragimning zarbiga hamdam,
Yoniga boraman, tongga qadar aytaman,
Ko`zlaringga qarab, yor, dilim-dilimda borim.

“Me amore” seni sevaman,
Mening so`zi asalim, ko`zlari sehrli,
To`ymaydi nazarim.
Tingla nolalarimni, seni sog`inganimda
Kuylaydi yuragim, go`zal malagim.

Mening so`zi asalim…
To`ymaydi nazarim…
Kuylaydi yuragim, go`zal malagim.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi - Bekinma
Oybek Hamroqulov - Oftob yuzli malagim
Sherzod Bek - Tillo uzuk
Firdavs - Qaro soching
Azim Mullaxonov - Janona o’ynaysiz


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты