Xo'ja guruhi - Bahor

Yurtimning bog`lariga,
Bu baland tog`lariga,
Yashil ertaklar aytib,
Xush kelding, go`zal bahor.

O`rikning gulidagi
Bol arining boliday,
G`uncha shirinsan bahor,
Buncha go`zalsan bahor.

Bahor, bahor, bahor, bahor,
Sen hayot alyorisan.
Bahor, bahor, bahor, bahor,
Muhabbat diydorisan.

Bahor, bahor, bahor, bahor,
Sumalak keltir bahor.
Bahor, bahor, bahor, bahor,
Kamalak rangida qol.

Boychechak ochiladi,
Dillarga baxt to`ladi.
Ezgulik qo`shig`isan,
Sen o`zing, azal bahor.

Qaldirg`och qanotida,
Ko`ngillar bayotida,
Sho`xlik, shodlik o`zingsan,
Dillarda ga`zal bahor.

Bahor, bahor, bahor, bahor,
Sen hayot alyorisan.
Bahor, bahor, bahor, bahor,
Muhabbat diydorisan.

Bahor, bahor, bahor, bahor,
Sumalak keltir bahor.
Bahor, bahor, bahor, bahor,
Kamalak rangida qol.



Бошка кушик матнлари:


Alisher Fayz - Qaldirg’och
Jahongir Otajonov - Qaldirg’och
Ozodbek Nazarbekov - Qaldirg’och
Yalla ansambli - Boychechak
Sarbon guruhi - Sumalak


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты