Bahrom Nazarov - Ostona hatlab

Ko`changdan necha bor armonlar o`tdi,
Eshitding, chiqmading ostona hatlab.
Ko`ngillardan topgan fig`onlar o`tdi,
Eshitding, chiqmading ostona hatlab. (x2)

Ostonang oldida armonlar qoldi,
Unsiz faryodlaru fig`onlar qoldi.
Ostonang oldida armonlar qoldi,
Unsiz faryodlaru fig`onlar qoldi.

Ko`z sen kirib ketgan eshikka muhtoj,
Ko`ngil ham muhtojdir o`sha hovliga.
Qaytib chiq – yopiq ul eshigingni och,
Mo`ralab bir bora boqqin mayliga.

Ostonang oldida armonlar qoldi,
Unsiz faryodlaru fig`onlar qoldi.
Ostonang oldida armonlar qoldi,
Unsiz faryodlaru fig`onlar qoldi.

Men-ku o`tib ketgum, fig`on deb chiqqin,
Men-ku o`tib ketgum, armon deb chiqqin. (x2)
Oqibat, ortimdan hayrat bilan boq,
Sevgisi otashin inson deb chiqqin.

O-o, o-o, o-o-o jon, jon-ey,
Ostonang oldida armonlar qoldi,
Unsiz faryodlaru fig`onlar qoldi.
Ostonang oldida armonlar qoldi,
Unsiz faryodlaru fig`onlar qoldi.

Ko`changdan necha bor armonlar o`tdi,
Eshitding, chiqmading ostona hatlab.
Ko`nglillardan topgan fig`onlar o`tdi,
Eshitding, chiqmading ostona hatlab. {x2}

Farid Usmon she’ri

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Alisher Fayz - Qaldirg’och
Botir Qodirov - Bora-bora
Ozodbek Nazarbekov - Qaldirg’och
Shohruhxon - Qoshi qaro
Kvartet guruhi, Shoira Otabekova - Digi-digi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты