Leyla - Yor-yor

Necha yillar kutilgan kun boshlandi, yor-yor,
Shu kun ikki yosh uchun to`y boshlandi, yor-yor,
Shu kun ikki yosh uchun o`y boshlandi, yor-yor.

Yor-yor-yor, to`y boshlandi, yor-yor,
Yor-yor-yor, kelin keldi, yor-yor.
Hay-hay o`lan, jon o`lan, yo`lni oching, yor-yor,
Kelin keldi, duoga qo`lni oching, yor-yor.
Hay-hay o`lan, jon o`lan, to`y boshlandi, yor-yor,
Bugun sevinchdan necha ko`z yoshlandi, yor-yor.

Baxtin bergan qodir Xudo, taxtin bersin ilohim,
Baxtin ila ikki dunyo fayzin bersin ilohim.
Kuyov bola, bo`ylaringizga ko`z tegmasin, yor-yor,
Tillaringizga aslo yomon so`z kelmasin, yor-yor.

Yor-yor-yor, to`y boshlandi, yor-yor,
Yor-yor-yor, kelin keldi, yor-yor.
Hay-hay o`lan, jon o`lan, yo`lni oching, yor-yor,
Kelin keldi, duoga qo`lni oching, yor-yor.
Hay-hay o`lan, jon o`lan, to`y boshlandi, yor-yor,
Bugun sevinchdan necha ko`z yoshlandi, yor-yor.

Har yaxshi kun boshlanishi duodandur, yor-yor,
Asli barcha dunyo ishi Xudodandir, yor-yor.
Duo qiling, beshik to`yga hamma yetsin, yor-yor,
O`shanda ham shu qo`shiqni Leyla aytsin, yor-yor.

Leyla aytsin, yor-yor…

Yor-yor-yor, to`y boshlandi, yor-yor,
Yor-yor-yor, kelin keldi, yor-yor.
Hay-hay o`lan, jon o`lan, yo`lni oching, yor-yor,
Kelin keldi, duoga qo`lni oching, yor-yor.
Hay-hay o`lan, jon o`lan, to`y boshlandi, yor-yor,
Bugun sevinchdan necha ko`z yoshlandi, yor-yor.

Baxtli bo`ling, yor-yor,
Taxtli bo`ling, yor-yor.

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Abdulhay Karimov - To’y bola
Radius 21 - Kuyov bola
Yulduz Abdullayeva - Hay bola
Leyla - Yondiradi Leyla
Oqshom guruhi - Kuyov bola


Добавить комментарий