Ahmadjon Dadayev - Umidim qoldi

Tongda esgan sabolarda umidim qoldi,
Kuylanmagan navolarda umidim qoldi.
Hech xayoldan ketmas sening o`tli nigohing,
Ko`zingdagi ma’nolarda umidim qoldi. {x2}

Dilga tushgan o`t-gulxanni o`chirolmasman,
Yo qalbingda ishq g`unchasin ochirolmasman.
Pinhon yonib, yo o`zimni kechirolmasman,
Yurak chertgan sadolarda umidim qoldi. {x2}

Sokin xayol iqbolimdir, pokiza hislar,
Saqlab mehr, saqlab vafo, qalb seni izlar.
Muhabbatim izhor etar besabr ko`zlar,
Yuzingdagi jilolarda umidim qoldi.

Ko`zingdagi ma’nolarda umidim qoldi,
Umidim qoldi, umidim qoldi…



Бошка кушик матнлари:


Nasiba Abdullaeva - Ko’zlar
Sogdiana - Yurak mahzun
Gulsanam Mamazoitova - Oydan tushgan emas
Dior - Najot
Zamira Suyunova - Qoshing qarosi balo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты