Kel, jonginam, men bilan suratga tush,
Faqat yig`lamay, jonim, bo`lmay xomush.
Yodgorlik bo`lib qolsin sendan menga,
Kulgularing kuch bersin yashashimga.
Hamroh bo`lsin yaxshi kunda,
Yomon kunda u menga.
Bu axir so`nggi oqshom,
Bu axir so`nggi visol.
Sen meni shunday eslab qol,
Sen qayg`urganda yodga ol.
Vaqt esa xuddi dushman,
O`tib borar tezlik bilan.
Bir lahzaga ham to`xtamasdan,
Yorishadi tun ayamasdan.
So`nggi bor to`yib tinglay shirin so`zing,
So`nggi bor baxtli bo`lib, ushlay qo`ling.
Hech kim buzmasin bugun tinchligimiz,
Jimjitlikda qolaylik biz ikkimiz,
Cheksizlikda parvoz etsin bizning qalbimiz.
Bu axir so`nggi oqshom,
Bu axir so`nggi visol.
Sen meni shunday eslab qol,
Sen qayg`urganda yodga ol.
Vaqt esa xuddi dushman,
O`tib borar tezlik bilan.
Bir lahzaga ham to`xtamasdan,
Yorishadi tun ayamasdan. (x1+x1)
Бошка кушик матнлари: