Tohir Sodiqov - Yoshligimda

Yoshligimda seni juda yomon ko`rardim,
Yonimda o`tirsang sochingdan tortardim.
Esingdamu shu ishlar jonim,
Hali esingdan chiqmagandur.

Ko`zingdan yoshlar tomchilab oqardi,
Mening esa senga rahmim kelmasdi.
Kechir meni, kechir qizaloq,
Yoshligimda edim men sho`xroq.

Yoshlikdagi injiqroq,
Shiringina qizaloq.
Seni boshqa xafa qilmayman,
Seni boshqa xafa qilmayman.

Yillar o`tdi,
Katta bo`ldik biz ham bir muncha,
O`zgarding ko`zimni ochib yumgunimcha.
Yosh oqmasdi sening ko`zingdan,
Tortolmasdim sening sochingdan.

Yoshlikdagi injiqroq,
Shiringina qizaloq.
Seni boshqa xafa qilmayman,
Seni boshqa xafa qilmayman.



Бошка кушик матнлари:


Yodgor Mirzajonov - Esingdamu
Ozodbek Nazarbekov - Yuragim-ey
Lola, Tohir Sodiqov - Undan nimam kam
Sanjar Usmonov - Yana yomg’ir
Nuriddin Hamroqulov - Fasli bahor esingdamu


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты