Yondirma, jon, durla yonib tutarman,
Muhabbatsiz bu dunyoni netarman?
Ketarman-ey, bu dunyodan ketarman,
Qalbim qolur, ketar bo’lsam dunyodan. (x2)
Lek dunyodan yonar so’zsiz ketmayman,
Ruhim birla boqar ko’zsiz ketmayman.
Dilginangni yoqar hissiz ketmayman,
Tongim qolur, ketar bo’lsam dunyodan. (x2)
Ko’ngilning begardi qolur ko’yimda,
Rashkin shirin dardi qolur ko’yimda.
Oshiqning eng mardi qolur ko’yimda,
Baytim qolur, ketar bo’lsam dunyodan. (x2)
Muhabbatning osmoniga eltguvchi,
Gar “oh” desang, kaftida jon tutguvchi,
Har jilvangga bitta doston bitguvchi,
Ayt, kim qolur, ketar bo’lsam dunyodan? (x2)
Yondirma, jon, durla yonib tutarman,
Muhabbatsiz bu dunyoni netarman?
Ketarman-ey, bu dunyodan ketarman,
Qalbim qolur, ketar bo’lsam dunyodan. (x2)
Ketarman-ey bu dunyodan ketarman,
Tongim qolur, ketar bo’lsam dunyodan.
Qalbim qolur, ketar bo’lsam dunyodan,
Baytim qolur, ketar bo’lsam dunyodan.
Бошка кушик матнлари: