Bojalar guruhi, Ruhshona - Allo

[Bojalar guruhi] Allo, allo?
[Ruhshona] Uf, xizmat doirasidan tashqarida!
[Bojalar guruhi] Hey, qattasan, nano?
[Ruhshona] Voy, xizmat doirasidan tashqarida dedim-ku.
[Bojalar guruhi] Qanaqa xizmat??

[Ruhshona]
Xafa qilaverasan,
Qo`pol gapirasan,
Gaplaringni o`ylamay
Gapirib qo`yasan.

Qiz bola-ku, deb mening
Ko`nglimni olmaysan.
Ana endi meni
Umuman topa olmaysan.

[Bojalar guruhi]
Telefonni ko`targin Guli,
Bilasan, vaqtim mani pullik.
Kiyinvolasan, bilaman, turli,
Manda ham bor yangi tufli.

Jahlim chiqmasin, aqlim ketmasin,
Telefoning bekorga yerda sinmasin.
Taksafondan ham, telefondan ham
Derdim: “Voydod, allo, allo, allo”.

Guli sanga derdim man “Allo, allo”,
(Hm, xizmat doirasidan tashqarida)
Allo, allo, xizmatda bormikin balo, allo?
Voy, voy, voy, voy, voy, allo.

Bilasanmu kecha kunduz teraman men, allo,
Yon atrofda yurasan, topolmayman allo.
Seni qidirib doim adoyi tamom,
Tersam yana javob:
“Xizmat doirasidan tashqarida!”

[Ruhshona]
Aytolmay so`zlaring
Qo`ng`iroq qilasan.
Kerak bo`lsa menga,
Kelib yalinasan.

Ketaman uzoqqa,
Qaramay har tomon.
Xizmat doirasida
Yuraman, sen ishon.

[Bojalar guruhi]
Telefonni ko`targin Guli,
Bilasan, vaqtim mani pullik.
Kiyinvolasan, bilaman, turli,
Manda ham bor yangi tufli.

Jahlim chiqmasin, aqlim ketmasin,
Telefoning bekorga yerda sinmasin.
Taksafondan ham, telefondan ham
Derdim: “Voydod, allo, allo, allo”.

Guli sanga derdim man “Allo, allo”,
(Hm, xizmat doirasidan tashqarida)
Allo, allo, xizmatda bormikin balo, allo?
Voy, voy, voy, voy, voy, allo.

Telefonni ko`targin Guli,
Bilasan, vaqtim mani pullik.
Kiyinvolasan, bilaman, turli,
Manda ham bor yangi tufli.

Jahlim chiqmasin, aqlim ketmasin,
Telefoning bekorga yerda sinmasin.
Taksafondan ham, telefondan ham
Derdim: “Voydod, allo, allo, allo”.

Guli sanga derdim man “Allo, allo”,
(Hm, xizmat doirasidan tashqarida)
Allo, allo, xizmatda bormikin balo, allo?
Voy, voy, voy, voy, voy, allo.

(Qo`ng`iroq qilinayotgan abonent
Xizmat doirasidan tashqarida…)

Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O`serovga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Abdulhay Karimov - To’y bola
Munisa Rizayeva - Xafa-xafa
Ummon - Uyda jim o’tir
Sevara - Ana-ana
Ulug'bek Holiqov - Yangi yil


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты