Metro bekatida bir qizaloq
Metro kutar edi, u qo’g’irchoq.
Bir ko’rishda ko’zim uzolmadim,
Na yoniga yaqin borolmadim.
Hayotim ma’nosiga aylandi,
Kunlarim tunlarimga ulandi.
Goyo u bilan men – sevishganlar,
Xayolparastlik shundan boshlandi.
Yur qorako’z, hey, shirin so’z,
Mana metro keldi, yur aylanamiz.
Mazza qilamiz, shahar aylanamiz,
Shirin orzularim sari ikkalamiz. (x2)
Qaniydi, aytolsam unga bir so’z,
Men bir sodda oshiq, u qorako’z.
U esa metroda xayol surar,
Mening esa yuragim tez urar.
Menga ne boldi, o’zim bilmayman,
Hayajonim ichga yutolmayman.
Xayolimda go’yo baxtli edim,
Shu olam ichida birga edim.
Yur qorako’z, hey, shirin so’z,
Mana metro keldi, yur aylanamiz.
Mazza qilamiz, shahar aylanamiz,
Shirin orzularim sari ikkalamiz. (x2+x2)
Бошка кушик матнлари: