Kumush Razzoqova - Ezgu tilak

Gohi shodlik, gohi qayg’u,
Turfa kunlar boshimizda.
Birda armon, birda orzu,
Ko’zlardagi yoshimizda.

Musibatlar kelar nogoh,
Dilni tig’dek tilar nogoh.
Ertangi kun qanday kelar,
Bundan hech kim bo’lmas ogoh.

Umidingni so’ndirmagin,
Diling g’amga ko’ndirmagin.
Bu hayotning maydonida
Yiqilmagin, yengilmagin.

Tun zulmati tongdan darak,
Yorug’ kunni kutmoq kerak.
Baxting bir kun yo’qlab kelar,
Hech so’nmasin, {x2} ezgu tilak.
Ezgu tilak.

Qismatingdan hech o’ksima,
Peshonam sho’r ekan, dema.
Bardosh bilan ishonch bo’lsa,
Uqubat-u kulfat nima?

Umidingni so’ndirmagin,
Diling g’amga ko’ndirmagin.
Bu hayotning maydonida
Yiqilmagin, yengilmagin.

Tun zulmati tongdan darak,
Yorug’ kunni kutmoq kerak.
Baxting bir kun yo’qlab kelar,
Hech so’nmasin, {x2} ezgu tilak.
Ezgu tilak. {x3}



Бошка кушик матнлари:


Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Jasur Umirov - Kumush
Shahzod guruhi - Yo’q dema
Rayhon, Ziyoda - Dema sodda
Iroda Dilroz, Kumush Razzoqova - Salom muhabbat


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты