Zamira Suyunova - Bir yaxshiga bir yomon

Teng tengini topishi
Erur juda mushkul ish,
Bir yaxshiga bir yomon
Azaldan bitgan emish. (x1+x2)

Jahldor kimsalarga
Yumshoqqina yor tushar,
Beozor mo’minlarga
Dilozor ranj yetkazar. (x2)

Teng tengini topishi
Erur juda mushkul ish,
Bir yaxshiga bir yomon
Azaldan bitgan emish.

Biri saxiy ochiq qo’l,
Jonini ham ayamas.
Birida aslo yo’q yuz,
Kimligingga qaramas.

Biri tun-u biri kun,
Ammo yashashar bugun.
Ikki yarti bir bo’lib,
Qurishar hatto ustun.

Har nening teskarisi
Ba’zida mos tusharmish,
Qora, qizil ranglar
Bir-birin to’ldirarmish.

Teng tengini topishi
Erur juda mushkul ish,
Bir yaxshiga bir yomon
Azaldan bitgan emish. (x2)

Azaldan bitgan emish…



Бошка кушик матнлари:


Gulsanam Mamazoitova - Dilozor
Osiyo guruhi - Dilozor
Sarvar va Komil - Raqs tushar
Ozodbek Nazarbekov - Binafsha
Leyla - Yor-yor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты