Yoniga otlanaman sochlarimni asta tarab,
Ne bo`lar menga bir bor yana kulib qo`ysa qarab?
Sado berishini kutaman qancha kunlar sanab,
Bo`ldim men ado. (yeah)
Termulib kechalari ko`chalar ostonasin qarab,
Yuragim ne qilayin ko`zlaringni etsa talab?
O`rab olib bir bora uni chorlam sekin-astalab,
Qildim men qaror. (yeah)
Pardozim, nozim, yuragimni nimtalab,
Kel qo`llarim so`rab.
Ko`zlarim yana zor aylar fido.
Shirin-shirin zimdan qarayman uyalib,
Ko`zi tushganida qizarib,
Men sevgan gullar bilan men tomon
Hali kelar.
Mani yorim man bop, man bop,
Qarashlari man bop, man bop.
Yurish-turishlari man bop, man bop,
Yuragim, orim tor. (yeah) (x2)
Hammasi yaxshi, lekin bordir bitta kamchiligi,
Yuragimni ezadi onda-sonda befarqligi.
Mayli unda, mening ham ozroq bordir o`jarligim,
Bo`laman hayron. (yeah)
E’tibor bilan bir bor asta ko`zlarimga qarab,
Yuragim seni deya hech qachon bo`lmasin yara.
Lekin ortiqcha beparvolik bo`lmasin hech yana,
Bo`laman vayron. (vou)
Pardozim, nozim, yuragimni nimtalab,
Kel qo`llarim so`rab.
Ko`zlarim yana zor aylar fido.
Shirin-shirin zimdan qarayman uyalib,
Ko`zi tushganida qizarib,
Men sevgan gullar bilan men tomon
Hali kelar.
Mani yorim man bop, man bop,
Qarashlari man bop, man bop.
Yurish-turishlari man bop, man bop,
Yuragim, orim tor. (yeah) (x2)
(Qadam-qadamida vasvasalari yuragimni ezadi,
Keraksiz gap bilan yana kayfiyatimni buzadi.
Ana yana to`polon, bosh og`rir, jonginam,
Yaxshi bo`lardi mehringni etsang tortiq.
Hamma bop, san bop, masala yechimini top,
Mayda-chuyda narsalar bilan gapni ko`paytirma, xo`p?
Xo`p-xo`p demagani yomon, dardim osmon,
Yaxshi ko`rganim uchun ko`z yumaman begumon.)
Mani yorim man bop, man bop,
Qarashlari man bop, man bop.
Yurish-turishlari man bop, man bop,
Yuragim, orim tor. (yeah) (x2)
Бошка кушик матнлари: