Azim Mullaxonov - Kelmading

Intizorlik o’tdi jondan,
Hol so’rab, yor, kelmading,
Ko’zlarim tong yulduzidek
Bo’ldi bedor, kelmading.

Dil to’la hasratlarimni
Endi qayga jo qilay?
Bir o’zingga aytgulik dard
Bo’ldi bisyor, kelmading. (x2)

Kelmading, yor, kelmading,
Hol so’rab, yor, kelmading,
Ko’zlarim tong yulduzidek
Bo’ldi bedor, kelmading. (x2)

Va’dalar shundaymidi, ayt,
Turmading ahdingda, yor,
Yo’q halovat, shum gumonlar
Etdi abgor, kelmading.

Tushlarim kunduz etib, yor,
Bir xabar olsang, netar?
Bu g’arib dilni bahor aylarga
Dildor, kelmading.

Sendan o’zga dilkashim yo’q,
Dardkashim yo’qdir, netay,
Vasling erdi dil shifosi,
Nega takror kelmading?

Kelmading, yor, kelmading,
Hol so’rab, yor, kelmading,
Ko’zlarim tong yulduzidek
Bo’ldi bedor, kelmading. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - G’arib
Xo'ja guruhi - Bahor
Azizshox - Ayt ayt
Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Lola - Xabar ol


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты