Hilola Hamidova - Yagonang bo’lay

Sog’inarman har bir so’zlaring,
Aytolmayman yurak sirlarim.
Ichimda hasratlarim, devona yo’q mendayin,
Ko’nglim ololmas hech kim sendayin.
Ichimda hasratlarim, bormikan oh, sendayin,
Seni sevolmas hech kim mendayin.

Taqdirimdir seni sevmoq,
Senga fido umrim yana,
Bilmasang ham ishqimni meni,
Men sevarman yana-yana.

Yagona, yagona, yagonang bo’lay o’zim,
Bir dona, bir dona, bir donangdirman o’zim.
Durdona, durdona, durdonang menman yana,
Devona, devona, devonang bo’lay o’zim. (x2)

Men kutarman oshkor sirlaring,
Sen ayama shirin so’zlaring.
Ichimda hasratlarim, devona yo’q mendayin,
Ko’nglim ololmas hech kim sendayin.
Ichimda hasratlarim, bormikan oh, sendayin,
Seni sevolmas hech kim mendayin.

Taqdirimdir seni sevmoq,
Senga fido umrim yana,
Bilmasang ham ishqimni meni,
Men sevarman yana-yana.

Yagona, yagona, yagonang bo’lay o’zim,
Bir dona, bir dona, bir donangdirman o’zim.
Durdona, durdona, durdonang menman yana,
Devona, devona, devonang bo’lay o’zim. (x2+x2)



Бошка кушик матнлари:


Zulayho Boyxonova - Menman
Bojalar guruhi, Ruhshona - Aytolmayman
Tamila - Kel ayama
Dilfuza Rahimova - Elimga
Nilufar Usmonova - Dona-dona


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты