Zulfing qo’ng’irog’i barmog’imdadir,
Dudog’ing gullatgan birinchi bo’sa. (x2)
Endi u kunlarga bormoq gumondir –
Sen hamon o’shasan, sen o’sha-o’sha, sen o’sha-o’sha.
Seni quchib uxlab, yana tushimda
Ko’rib uyg’onardim, sog’inib, qo’msab. (x2)
Meni mendan o’zga kimsa tushunmas,
Sen hamon o’shasan, sen o’sha-o’sha, sen o’sha-o’sha.
Kun sayin oramiz olis va olis,
Balki kutarsan ham xazonlar to’shab.
Sen hamon tiriksan, men esa yolg’iz,
Sen hamon o’shasan, sen o’sha-o’sha.
Xazondek sochildi necha bir taqvim,
Yurak ham to’kildi yaproqqa o’xshab.
Shamolda sovrildim, soylarda oqdim,
Sen hamon o’shasan, sen o’sha-o’sha, sen o’sha-o’sha.
Zulfing qo’ng’irog’i barmog’imdadir,
Dudog’ing gullatgan birinchi bo’sa.
Birinchi bo’sa… Birinchi bo’sa…
Бошка кушик матнлари: