Azim Mullaxonov - Mehribon ona

Yuragingda g’am bo’lmas,
Mehribon onang bo’lsa.
G’am chekkali dam bo’lmas,
Mehribon onang bo’lsa. (x2)

Baxtli kechar onlaring,
Dard bilmagay jonlaring, (x2)
Kulfatlaring ham bo’lmas,
Mehribon onang bo’lsa. (x2)

Izingdan qolib ko’zi,
Asragay seni o’zi,
Kiprigingda nam bo’lmas,
Mehribon onang bo’lsa.

Navo solib sehridan,
Davo olib mehridan,
Ruhing o’chgan sham bo’lmas,
Mehribon onang bo’lsa.

Ruhing o’chgan sham bo’lmas,
Mehribon onang bo’lsa.

Baland bilib izzatin,
Mudom qilgin xizmatin, (x2)
Aziz boshing xam bo’lmas,
Mehribon onang bo’lsa. (x2)

Yuragingda g’am bo’lmas,
Mehribon onang bo’lsa.
G’am chekkali dam bo’lmas,
Mehribon onang bo’lsa.

G’am chekkali dam bo’lmas,
Mehribon onang bo’lsa.
Jonajon onang bo’lsa,
Mehribon onang bo’lsa.



Бошка кушик матнлари:


Zulayho Boyxonova - Mehribon onang bo`lsa
Oybek va Nigora - Toshkentim
Iroda Dilroz - Qanday baxtliman
Ummon - Yo`qol
Zulayho Boyxonova - Yurtim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты