Kamilla - Endi sevmaganday

Meni sevmaganday ketganingda xayrlashmay,
Na kulishni bilaman, na bir yig’lashimni.
Meni bilmaganday, o’tganingda ko’rmaganday,

Hayotim surati oq-qora rangda,
Kuylagan qo’shig’im ma’yus ohanglarda.
Ko’zga ko’rinmas devor barpo etaman,
Sensizlik dardiga ko’nikaman.

Hech qachon eslamayman,
Sevgini yurakdan yulib tashlayman.
Hech qachon sog’inmayman,
Manzillarni o’zgartirib qaytmayman.

So’nggi nafas olguncha
Baxtli bo’lamiz, deb aytarding sen.
So’nggi yulduz so’ngunicha
Sevaman, deb va’da berganding sen.

Meni sevmaganday ketganingda xayrlashmay,
Na kulishni bilaman, na bir yig’lashimni.
Meni bilmaganday, o’tganingda ko’rmaganday,
Na kulishni bilaman, na bir yig’lashimni.

Na bir yig’lashimni… (x1+x1)

To’rt devor ichra jim sog’inch o’rtaydi,
Seni menday hech kim bir umr sevmaydi.
Netay, mendan kechding sen xayrlashmay,
Yig’lagan yurakni ovuntirmay.

Hech qachon eslamayman,
Sevgidan butunlay tavba qilganman.
Hech qachon sog’inmayman deb,
O’zimga o’zim va’da berganman.

So’nggi nuqta qo’yildi,
Sevgimizning endi davomi yo’q.
So’nggi so’zlar aytildi,
Afsuslanishning ham keragi yo’q.

Meni sevmaganday ketganingda xayrlashmay,
Na kulishni bilaman, na bir yig’lashimni.
Meni bilmaganday, o’tganingda ko’rmaganday,
Na kulishni bilaman, na bir yig’lashimni.

(Meni sevmaganday… (x1+x1))

Meni sevmaganday ketganingda xayrlashmay,
Na kulishni bilaman, na bir yig’lashimni.
Meni bilmaganday, o’tganingda ko’rmaganday,
Na kulishni bilaman, na bir yig’lashimni.

Meni sevmaganday ketganingda xayrlashmay,
Na kulishni bilaman, na bir yig’lashimni.

Бошка кушик матнлари:

Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Aziz Rajabiy - Jim-jim
Dj Piligrim - Seni sevaman
Lola - Qaytmayman
Lola - Qachon

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты