Aziz Rajabiy - Vatandosh

Vatandosh, {x2} bog’ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini yaxshilik ata.
Vatandosh, bog’ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini yaxshilik ata.

Niholing yoniga bir gul ekib qo’y,
Bu gulning ismini go’zallik deb qo’y.
Niholing yoniga bir gul ekib qo’y,
Bu gulning ismini go’zallik deb qo’y, ey do’st.

Gulu niholingga {x2} baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga mehr deb qo’y ot.
Sendan farzandingga bog’ qolsin, ey do’st,
Bog’ing Vatan degan nom olsin, ey do’st.

Sendan farzandingga bog’ qolsin, ey do’st,
Bog’ing Vatan degan nom olsin, ey do’st, ey do’st.

Ha-a, ha-a, ha, ey do’st. {x2}
Ey do’st…



Бошка кушик матнлари:


Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek Nazarbekov - Shu aziz Vatan barchamizniki
Gulsanam Mamazoitova - O’zbek degan nom
Ahmadjon Tojiboyev - Vatan
Shaxriyor - Men uchun vatan
Botir Qodirov - Vatan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты