Soundtrack - Oq bulut

– Jonim, nadir oq bulut?
– Ayta qolay, quloq tut,
U bir toshqin daryodir,
Ro’yo emas, ziyodir,
Bag’ri to’la oq bulut.

– Nedir mo’jiza, jonim?
– Yerning tog’u o’rmoni,
Bizniki butun olam,
Aslida xayol qilsam,
Shudir mo’jiza, jonim.

Sensiz bahormas bahor,
Hatto quyosh dilozor.
Hajringda ko’ksim aro
Tunlarim bedor.

Sen bo’lsang-chi yonimda, {x4}
Mendan baxtli odam yo’q
Bu keng olamda.

– Jonginam, nadir osmon?
– Ko’zlaringdir mehribon,
Boqishing jonga ofat,
Undan yo’qdir halovat,
Ana shu asli osmon.

– Nadir, jonim, sukunat?
– U ajib nozli xilqat,
Vasli yor sari eltar,
Sevishganlar sayr etar,
Shudir, jonim, sukunat.

Sensiz bahormas bahor,
Hatto quyosh dilozor.
Hajringda ko’ksim aro
Tunlarim bedor.

Sen bo’lsang-chi yonimda, {x4}
Mendan baxtli odam yo’q
Bu keng olamda.

– Sen va men bu ne ma’no?
– Bahordagi gul-ra’no,
Hatto yashnab qish chog’i,
Yorga ochar quchog’in,
Ana shu senu men. {x3}



Бошка кушик матнлари:


Dj Piligrim - Badanni bo’sh tut
Sevara - Ana-ana
Gulsanam Mamazoitova - Dilozor
Osiyo guruhi - Dilozor
Anvar Sobirov - Sevishganlar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты