Shahzoda - Bu dunyo mehmonxona

Yashamoqlik mazmunin
Anglaganlar, bilganlar –
Hayotda o’z o’rnini
Topishga intilganlar.

Avvalo bo’lgin inson,
Yoshlik bu shunday davron,
Bir go’zal taqdir yarat,
Sendadir barcha imkon.

Bu azaliy tarona,
G’animat ota-ona.
Kelib-ketar mehmonmiz,
Bu dunyo mehmonxona.

Topolsang agar sirin,
Hayot shu qadar shirin.
Qadr istasang agar,
Bo’lma mehr yashirin.

Dunyo bag’ri kimgadir,
Odil bo’lgan yengadir.
Sadoqatni kasb tutsang,
Chin muhabbat sengadir.

Bu azaliy tarona,
G’animat ota-ona.
Kelib-ketar mehmonmiz,
Bu dunyo mehmonxona. (x1+x1)



Бошка кушик матнлари:


Ozoda Nursaidova - Onajonim
Masrur Usmonov - Ota-ona
Xurshid Rasulov - Yoshlik
Yulduz Usmonova - Qadr yig’laydi
Farhod va Shirin - Dardli


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты