Tohir Sodiqov - Sog’indim ishon

Qani endi men boshidan
Hayotimni boshlasam,
Seni bilmasdan,
Ko’rmasam men xiyonat.

Bo’lmasdim balki shunda men aybdor,
Bo’lardim quvnoq, baxtliroq, kuyardim kamroq,
Agar bilsam avvalroq.
Men seni sevmasdim, aslo sirim aytmasdim,
Bilsam men oldinroq.

Sog’indim ishon, ammo bormayman,
Essiz o’tkizgan, ko’nglim og’ritgan
Kunlarni eslamayman.
Bo’ldi endi kech, o’tgan necha yil,
O’ylasang ham, achinsang ham baribir tamom,
Sog’indim ishon, ammo bormayman.

Sog’indim deb ayt sen ham bir bor,
Yuribsanku baribir bir o’zing bekor,
Topolmay o’zingga joy.
Bilasan, sezasan, aybdorliging o’zing san,
Lekin aytolmaysan.

Sog’indim ishon, ammo bormayman,
Essiz o’tkizgan, ko’nglim og’ritgan
Kunlarni eslamayman.
Bo’ldi endi kech, o’tgan necha yil,
O’ylasang ham, achinsang ham baribir tamom,
Sog’indim ishon, ammo bormayman.
Ishon…

Men seni sevmasdim, aslo sirim aytmasdim,
Bilsam men oldinroq.

Sog’indim ishon, ammo bormayman,
Essiz o’tkizgan, ko’nglim og’ritgan
Kunlarni eslamayman.
Bo’ldi endi kech, o’tgan necha yil,
O’ylasang ham, achinsang ham baribir tamom.

Sen menga ishon, essiz hayoting,
Bekor aytilgan, ko’nglim og’ritgan so’zing.
Sog’indim ishon, ammo bormayman.
Ishon…



Бошка кушик матнлари:


Zamir - San-san
Lola, Tohir Sodiqov - Undan nimam kam
Azizshox - Ayt ayt
Ummon - Abadiy emas
Sahro - Eslama


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты