Budur - Bardosh

Umr davomida ko`rdim
Qancha quvonch, ozorlarni.
Yashayabman men ham
Umr oqar daryosida.

Shu daryoning to`lqinlariga
Topshirib jonimni,
Shu jon urilmoqda
Sinov qirg`og`iga.

Yuragimni qiynab, yig`latadi ozorlarim,
Lekin bu zarblarga chidaydi iymonim.
Yuragimni qiynab, ozor yig`latadi,
Lekin bu zarblarga bardoshim yetadi.

Yo`qotdim ko`p do`stlarimni,
Sinovlarda qoldim unda.
Xiyonatlar ko`rdim undan,
Ayrimlaridan.

Kun kelar, umr daryosi
Sokinlashar, albatta.
Meni olib borar
O`sha orzuyimga.

Yuragimni qiynab, yig`latadi ozorlarim,
Lekin bu zarblarga chidaydi iymonim.
Yuragimni qiynab, ozor yig`latadi,
Lekin bu zarblarga bardoshim yetadi. (x1+x1)



Бошка кушик матнлари:


Lola, Tohir Sodiqov - Undan nimam kam
Shaxriyor - Seni ko’rdim
Shaxriyor - Uzilgan aloqa
Ozodbek Nazarbekov - Sevib qoldim
Shuhrat Qayumov - Sevib qoldim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты