Soundtrack - Kel qalbimning otashi, go’zal

Kel, qalbimning otashi, go’zal,
Senga tomon cho’mdi xayolim. (x2)
Qaydasan, ey so’zlari g’azal,
Gul shoxida qoldi ro’molim. (x2)

Beri kelgin, yorginam,
Muhabbatim, borginam,
Mening muhabbatim, borginam. (x2)

Mayli, jonim, shalola bo’lay,
Mavjlanay butun umrga.
Mayli, jonim, muhabbat bilan
Keng dunyoni to’ldiray nurga.

Mayli, jonim, muhabbat bilan
Keng dunyoni to’ldiray nurga. (x2)

Yolg’izginam, yorginam,
Mening vafodorginam,
Bu dunyoda o’zing borginam. (x2)

Kel, qalbimning otashi, go’zal,
Senga tomon cho’mdi xayolim. (x2)
Qaydasan, ey so’zlari g’azal,
Gul shoxida qoldi ro’molim. (x2)

Beri kelgin, yorginam,
Muhabbatim, borginam,
Mani muhabbatim, borginam. (x2)

Bu dunyoda o’zing yorginam,
Bu dunyoda o’zing borginam.



Бошка кушик матнлари:


Gulsanam Mamazoitova - Qaydasan
Yodgor Mirzajonov - Yolg’izginam
Sevinch Mo'minova - Xayolimdasan
Bojalar guruhi - Salom sevishganlarga
Lola Ahmedova - Yolg’izginam


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты