Ulug'bek Otajonov - Vasling xumoriman

Kelgil, yorim, kelgil, oyday to’lib kel,
Iqbol quyoshiday porlab, kulib kel, (x2)
Ko’ngil chamaniga bahor bo’lib kel.

Vasling xumoriman, husningni zoriman,
Chertganda nola qilg’an dutoring toriman. (x2)

Kelmas esang o’zim mehmon bo’loyin,
Chehranga termulib, hayron bo’loyin,
Boshingda o’rgilib, qurbon bo’loyin.

Vasling xumoriman, husningni zoriman,
Chertganda nola qilg’an dutoring toriman. (x2)

Yellar sochin bilan o’ynashmasinlar,
Qumrilar ta’rifin so’zlashmasinlar,
Rashk o’tida, jonim, qiynashmasinlar.

Vasling xumoriman, husningni zoriman,
Chertganda nola qilg’an dutoring toriman. (x2)

Mani bulbul, sani ra’no desinlar,
Mani Majnun, sani Laylo desinlar, (x2)
Sadoqatda bizni tanho desinlar.

Vasling xumoriman, husningni zoriman,
Chertganda nola qilg’an dutoring toriman. (x3)
Chertganda nola qilg’an dutoring toriman…



Бошка кушик матнлари:


Jo'rabek Qodirov - Laylo
Sherali Jo'rayev - Ey dil
Adham Soliyev - Laylo
O'lmas Olloberganov - Qurbon o’lam
Xo'ja guruhi - Bahor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты