Sarbon guruhi - Arzanda qiz

Gul otgandim go`zalga,
Qoshin qoqib ketdi-da,
Jilmayib qarashlari
Yomon yoqib ketdi-da. (x2)

Bo`ylari baland ekan,
Bellari bir qilcha yo`q, (x2)
Amrikon kovushdadir,
Durra bor-u, nimcha yo`q. (x2)

Arzanda qiz mehringni
Qizg`onmagin, kel endi.
Jilmayishing sog`indim,
Bitta kulib ber endi. (x2)

Bizni ko`rsa, qoshlari
Kerilgani kerilgan, (x2)
Oshiqlari yo`lida
Terilgani terilgan. (x2)

Shundan beri kutaman,
Gul to`la quchog`imda. (x2)
Uzukka ko`z qo`ygandek
Bo`lar yursa yonimda. (x2)

Arzanda qiz mehringni
Qizg`onmagin, kel endi.
Jilmayishing sog`indim,
Bitta kulib ber endi. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Tohir Usmonov - Bor ekan
Shohzamon - Arzanda Anzirat
Kumush Razzoqova - Ketdi-ketdi
Ozodbek Nazarbekov - Kutaman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты