Ozodbek Nazarbekov - Farg`onada bir qiz bor

Farg`onada bir qiz bor,
Qoshi qaro qunduz bor. (x2)
Chaqnab turar ko`zlari,
Manglayida yulduz bor. (x2)
Farg`onada bir qiz bor.

O`n besh kunlik oygina,
Go`zallikka boygina, (x2)
Voh, tog`dagi kiyikdek
Sho`xliklari soygina.

Farg`onada bir qiz bor,
Qoshi qaro qunduz bor. (x2)

Ko`zlaridan adoman,
So`zlaridan adoman, (x2)
Men shu qizning ishqida
Devona-yu gadoman.

Farg`onada bir qiz bor,
Qoshi qaro qunduz bor. (x2)

Yolg`izgina malagim,
Izlaganim, keragim, (x2)
Uni bir kun ko`rmasam,
To`xtab qolar yuragim.

Farg`onada bir qiz bor,
Qoshi qaro qunduz bor. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Mahmud Namozov - Ohu-voh
Muhriddin Xoliqov - Parizod
Oybek Hamroqulov - Oftob yuzli malagim
Bojalar guruhi - Chugurma
Shohsanam - Devona qilsin


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты