Yodgor Mirzajonov - Seni qizg`onaman

Seni qizg`onaman bahordan, kuzdan,
Seni qizg`onaman kecha, kunduzdan. (x2)
Qizg`onaman do`stdan, begonadan ham,
Qizg`onaman shohu devonadan ham. (x2)

Seni qizg`onaman o`tli so`zlardan,
Qizg`onaman barcha suqli ko`zlardan, (x2)
Qizg`onaman seni yulduzdan, oydan,
Har bir sohib sarkor, sohib chiroydan. (x2)

Garchi qo`lim yetmas, oramiz yiroq,
Seni qizg`onaman hammadan biroq. (x2)
Bilaman, visoling nasib etmas hech,
Seni birovga ham bergim kelmas hech. (x2)

Seni qizg`onaman o`tli so`zlardan,
Qizg`onaman barcha suqli ko`zlardan.
Seni qizg`onaman o`tli so`zlardan,
Qizg`onaman barcha suqli ko`zlardan.



Бошка кушик матнлари:


Mirjamol - Afsus
Shohzamon, Yodgor Mirzajonov - Yo’llarimiz ayro
Ozodbek Nazarbekov - Bu kecha
Shirin Mamatova, Yodgor Mirzajonov - Qaylarga boray
Ozodbek Nazarbekov - Otamga o’xsha o’g’lim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты