Masrur Usmonov - Yodingdamu

Yodingdamu biz yurgan chog`lar,
Gullar chaman ochgan bog`larda.
Nahot sevgim manguga qoldi
O`shal lola tergan tog`larda.

Sog`inaman seni negadir,
O`tib ketgan bo`lsa ham yillar.
Unutolmay qiynar dil bugun,
Necha yilki uyqusiz tunlar.

Yodingdamu biz yurgan chog`lar,
Gullar chaman ochgan bog`larda.
Nahot sevgim manguga qoldi
O`shal lola tergan tog`larda.

Ketmaydi hech yodimdan, go`zal,
Kelib asta holim so`rashing.
Suyukligim, bormisiz, deya
Ibo bilan nozli qarashing.

Sog`inaman seni negadir,
O`tib ketgan bo`lsa ham yillar.
Unutolmay qiynar dil bugun,
Necha yilki uyqusiz tunlar.

Yodingdamu biz yurgan chog`lar,
Gullar chaman ochgan bog`larda.
Nahot sevgim manguga qoldi
O`shal lola tergan tog`larda.

Nahot sevgim manguga qoldi
O`shal lola tergan tog`larda.



Бошка кушик матнлари:


G'ulomjon Yoqubov - Umr o`tar, vaqt o`tar
Farrux Raimov - Ketmoqdaman
BotirBek - Nozli-nozli
Subxan - Lola
Budur - Sog’inaman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты