Ozodbek Nazarbekov - Keladur

Chiqsam ko`chalarga, shohsuvorim keladur,
Gul g`unchasidek lola-uzorim keladur. (x2)

Har yonga boqib, kiprik o`qin xalqa otib, {x2}
Jonima o`tni yoqib, nigorim keladur. {x2}

Chiqsam ko`chalarga, shohsuvorim keladur,
Gul g`unchasidek lola-uzorim keladur. (x2)

Jonimg`a yetib har soridin rashk qilichin, {x2}
Gulimki menga yangi bahorim keladur. {x2}

Kelmay necha kun, qayda qaror etdi ekan kim, {x2}
Ko`nglimdan olib, sabru qarorim keladur. {x2}

Chiqsam ko`chalarga, shohsuvorim keladur,
Gul g`unchasidek lola-uzorim keladur. (x2)

Kunduz, kechasi hech mahal kelgan emas ul, {x2}
Bu turfa ko`ring, Layli nahorim keladur. {x2}

Chiqsam ko`chalarga, shohsuvorim keladur,
Gul g`unchasidek lola-uzorim keladur. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Ulug'bek Holiqov - Yangi yil
VIA Karavan - Yangi yil
Saidakbar Xolmatov - Layli
Yulduz Usmonova - Bahorim bahor
Gulsanam Mamazoitova - Xayolim olib ketdi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты