Oxunjon Madaliyev - Dardim sig`mas dunyoga

Dardim sig`mas dunyoga,
Sig`may qoldim o`zim ham, (x2)
Xayolimda bir-birin
Aldar ikki ko`zim ham. (x2)

Kim do`stim-u, kim dushman
Bila olmay men halak,
Ikkisi ham shirinso`z,
Tushuntir o`zing, falak.

Onaning oq sutini
Kimdir o`lchar pul bilan,
Yana kimdir choh qazar
Qo`lidagi gul bilan.

Ko`zingni och, ey yo`ldosh,
Yurak o`tsiz bo`lmasin,
Kuyga to`ldir dunyoni,
Odamiylik o`lmasin.

Kuyga to`ldir dunyoni,
Odamiylik o`lmasin. (x2)
Odamiylik o`lmasin… {x2}



Бошка кушик матнлари:


Mango guruhi - Malak
Tohir Mahkamov - O’ldir
Nelly Furtado - Más
Alisher Fayz - Qaldirg’och
Bojalar guruhi, Shaxri - Zing-zing


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты