G'iyos Boytoyev - Boychechagim

Bahorlarda ochilgan boychechagim,
Bog`larimga sochilgan boychechagim, (x2)
Bu chiroyni, ayt gulim, qaydan olding,
Yuragimga muhabbat kuyin solding. (x2)

Boychechagim, qoraqosh boychechagim,
Yulduzlarday sochilgan boychechagim. (x2)
Chiroyingni ko`rib, men suyib qoldim,
Qo`lim yetmay o`zingga, kuyib qoldim. (x2)

Sochlaringni taraydi shamol, suyib,
Tovoningni o`padi qorlar, erib, (x2)
Oftob hayron boqqanda oy yuzingga,
Men turibman chorasiz kunday kuyib. (x2)

Boychechagim, qoraqosh boychechagim,
Yulduzlarday sochilgan boychechagim. (x2)
Chiroyingni ko`rib, men suyib qoldim,
Qo`lim yetmay o`zingga, kuyib qoldim. (x2)

Qo`lim yetmay o`zingga, kuyib qoldim…



Бошка кушик матнлари:


Azizshox - Ayt ayt
Bojalar guruhi, Rayhon - Hayron bo’lmanglar
Oybek Hamroqulov - Oftob yuzli malagim
G'iyos Boytoyev - Sho’x kulib
Alisher Fayz - Shamol


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты