Nuriddin Hamroqulov - Sabo kelgan kuni

Kuldi bahorim siz tomonlardan sabo kelgan kuni,
Ul sho`x sabo qanotida dildor navo kelgan kuni. (x2)

Dildor navo bilan bahor og`ushida olmish mani,
Dildor navo ohangida sizdan sado kelgan kuni. (x2)

Shu bir sado bilan lutf etdingiz odamsifat,
Boshiga tillo sochdingiz, go`yo gado kelgan kuni.

Go`yo gado kutgan edi, shirin sadongiz xasta deb,
Olam munavvardur mana unga davo kelgan kuni. (x2)

Unga davo baxsh etdingiz, holin so`rab donogina,
Yuz yil uzaydi umri ham ahdga vafo kelgan kuni.

Ahdga vafosi hurmati, mehru ziyosi hurmati,
Boshimga toj aylay Habib, nozik ado kelgan kuni. (x2)

Kuldi bahorim siz tomonlardan sabo kelgan kuni,
Ul sho`x sabo qanotida dildor navo kelgan kuni.

Dildor navo kelgan kuni… (x2)



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - Bahorim bahor
Sherali Jo'rayev - Nozik
Xo'ja guruhi - Bahor
Adi - Ro’mol
Alisher Fayz - Gulbahorim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты