Gulsanam Mamazoitova - Chaman ichra

Boshimdagi ro`molim, chaman ichra,
Gul shoxiga ilindi, chaman ichra.
Kimni tutgay uvolim, chaman ichra, bog` ichra,
Yolg`izligim bilindi, chaman ichra. {x2}

Bog`da bulbul sayraydi, chaman ichra,
Shom bo`lganga o`xshaydi, chaman ichra.
Yuragim jig`illaydi, chaman ichra, bog` ichra,
Yor kelganga o`xshaydi, chaman ichra. {x2}

Hovlingizda bir bodom, chaman ichra,
Bizlar musofir odam, chaman ichra.
Bizni musofir qilgan, chaman ichra, bog` ichra,
Shahringizda bir odam, chaman ichra.

Shahringizda bir odam, chaman ichra…



Бошка кушик матнлари:


Gulsanam Mamazoitova, Ulug'bek Rahmatullaev - Omon yor
Leyla - Yor-yor
Gulsanam Mamazoitova - Xayolim olib ketdi
Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek Nazarbekov - Bir kami to’lmagan dunyo
Davr guruhi - Yor-yor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты