G'iyos Boytoyev - Erka ohu

Erka ohu, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo`lib, sahrolarga yetaklasam? (x2)
Bu dunyoda birday g`arib – men ham, sen ham,
Erka ohu, maylimi bir erkalasam, (x2)
Majnun bo`lib, sahrolarga yetaklasam?

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron. (x2)
Mani jonim, sani joning omonat jon,
Erka ohu, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo`lib, sahrolarga yetaklasam?

Umrimizning barcha yo`li, so`qmog`i cho`g`,
Cho`g`dan qo`rqma, beyuz qo`ygan qopqondan qo`rq.
Bu dunyoda senga do`st yo`q, menga do`st yo`q,
Erka ohu, maylimi bir erkalasam…

Sani joning, mani jonim omonat jon,
Erka ohu, maylimi bir erkalasam?
Sani joning, mani jonim omonat jon,
Erka ohu, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo`lib, sahrolarga yetaklasam?



Бошка кушик матнлари:


Jahongir Otajonov - Erka kiyik
Faxriddin Umarov - Ohu
Yulduz Usmonova - G’arib
Nilufar Usmonova, Shohruhxon - Barcha shodlik
Setanho guruhi - Aylanay


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты