Husniddin Xoliqov - Sumalak

Sumalakdan tosh topdim,
Bir parcha quyosh topdim,
Ko`ksimda yondi umid,
Bir ajib sirdosh topdim. (x2)

Mo`jizali, mo`jaz tosh,
Yo`llarimda bo`l yo`ldosh,
Bir umr mushtoq o`tdim,
Tugadi tog`dek bardosh. (x2)

Omadmi, baxt berursan,
Yo muhabbat berursan?
Hijronzada ko`nglimga
Balki, quvvat berursan? (x2)

Mo`jizali, mo`jaz tosh,
Yo`llarimda bo`l yo`ldosh,
Bir umr mushtoq o`tdim,
Tugadi tog`dek bardosh. (x2)

Boqiy umr so`raymi?
Sog`lik, huzur so`raymi?
Yo bahoriy tuyg`ular
Berguvchi nur so`raymi, so`raymi?

Mo`jizali, mo`jaz tosh,
Yo`llarimda bo`l yo`ldosh,
Bir umr mushtoq o`tdim,
Tugadi tog`dek bardosh. (x3)



Бошка кушик матнлари:


Shaxriyor - Sumalak
Sarbon guruhi - Sumalak
Alisher Zokirov - Parcha-parcha
Mango guruhi - Do’stim
Faxriddin Umarov - Umid


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты